Uch yil oldin biz oddiy qaror qabul qildik: qurilish jarayonini to'liq ochiq ko'rsatish. Har hafta ob'ektdan foto va video — tayyor bo'lgan qismini ham, muammoli joyini ham.
Nima uchun
Ko'chmas mulk bozorida asosiy qo'rquv — pul to'lab, natijani ko'rmaslik. Ochiq hisobot bu qo'rquvni yo'q qiladi: mijoz o'z xonadoni qanday holatda ekanini istalgan vaqtda ko'radi.
Natija
Instagram sahifamiz obunachilar soni 60 mingdan oshdi, lekin bundan muhimi — mijozlarning takroriy murojaatlari va tavsiyalari sezilarli ko'paydi.
Endi bu format saytimizda ham davom etadi: "Qurilish jarayoni" bo'limida barcha loyihalar bo'yicha hisobotlar lenta ko'rinishida joylashtiriladi.



