TwinEra turar-joy majmuasida muhim bosqich yakunlandi: ikkala minoraning ham 16-qavatigacha monolit karkas quyib bo'lindi. Ishlar shartnomada belgilangan jadvaldan bir hafta oldinda ketmoqda.
Keyingi bosqichda nima bo‘ladi
Sentabr oyidan boshlab ventilyatsiyalanuvchi fasad tizimi montaj qilinadi va panoramali oyna paketlari o'rnatiladi. Bu bosqich taxminan to'rt oy davom etadi.
Parallel ravishda yer osti avtoturargohda gidroizolyatsiya va ventilyatsiya tizimlari ustida ish olib borilmoqda.
Xaridorlar uchun
Karkas yakunlangach, xonadonlarni joyida ko'rish imkoniyati ochiladi. Bron qilgan mijozlar menejer bilan kelishgan holda ob'ektga tashrif buyurishlari mumkin.
Har haftalik foto-hisobotlarni saytimizning "Qurilish jarayoni" bo'limida va Instagram sahifamizda kuzatib boring.



