Uy sotib olish — ko'pchilik uchun umrdagi eng katta xarid. Shuning uchun devoloperni tanlashda hissiyotga emas, tekshirilgan faktlarga tayanish kerak. Quyida shartnoma imzolashdan oldin o'tkazish lozim bo'lgan yetti tekshiruv.
1. Litsenziya va qurilish ruxsatnomasi
Kompaniyaning qurilish litsenziyasi va aynan shu ob'ekt uchun berilgan qurilish ruxsatnomasini so'rang. Ruxsatnomadagi manzil va yer uchastkasi kadastr raqami loyiha bilan mos kelishi shart.
2. Yer uchastkasi hujjatlari
Yer kimning nomida va qanday huquq asosida ekanini aniqlang. Ijaraga olingan yerda qurilayotgan bo'lsa, ijara muddati topshirish sanasidan uzoqroq bo'lishi kerak.
3. Yakunlangan loyihalar
Kompaniya avval nima qurgan? Topshirilgan uylarga borib ko'ring, u yerda yashayotgan odamlar bilan gaplashing. Bu eng ishonchli manba.
4. Qurilish maydonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring
Maydonda ish sur'ati qanday, texnika va ishchilar bormi, materiallar qanday saqlanmoqda — bularning hammasi ko'p narsani aytadi.
5. Shartnoma matni
Shartnomada aniq topshirish sanasi, kechikkan taqdirdagi javobgarlik, xonadon maydoni o'zgarganda hisob-kitob tartibi yozilgan bo'lishi kerak. Notariusda rasmiylashtirilishi muhim.
6. To‘lov shaffofligi
Barcha to'lovlar kompaniyaning rasmiy hisob raqamiga o'tkazilishi lozim. Naqd pulni shaxsiy qo'lga berish — jiddiy xavf belgisi.
7. Ochiq muloqot
Yaxshi devoloper qurilish jarayonini yashirmaydi. Muntazam foto-hisobot, ochiq telefon va javob beradigan menejer — ishonch belgisi.
Global Avenue'da bu tamoyillar "sirsiz qurilish" konsepsiyasi ostida birlashtirilgan: har hafta ob'ektlardan hisobot e'lon qilamiz va istalgan mijoz qurilish maydoniga tashrif buyura oladi.



