Yangi qurilgan uydan xonadon sotib olish jarayoni bir necha hujjatli bosqichdan iborat. Ularni oldindan bilish vaqtni tejaydi.
Xaridordan talab qilinadigan hujjatlar
Pasport yoki ID-karta nusxasi; STIR (INN); ipoteka rasmiylashtirilayotgan bo'lsa — daromad haqida ma'lumotnoma va bank talab qiladigan qo'shimcha hujjatlar.
Nikohda bo'lgan xaridorlar uchun ba'zi hollarda turmush o'rtoqning roziligi talab qilinadi.
Devoloper taqdim etadigan hujjatlar
Qurilish litsenziyasi, ob'ekt bo'yicha qurilish ruxsatnomasi, yer uchastkasi hujjatlari, loyiha deklaratsiyasi va shartnoma namunasi.
Rasmiylashtirish tartibi
Avval bron shartnomasi tuziladi va boshlang'ich to'lov amalga oshiriladi. So'ngra asosiy oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanadi. Uy topshirilgach, qabul-topshirish dalolatnomasi imzolanadi va kadastr hujjati rasmiylashtiriladi.
Global Avenue mijozlariga barcha bosqichlarda hujjatlar bo'yicha yordam beradi — bu xizmat qo'shimcha to'lovsiz.



